O’quvchilarimga

Posted on Dekabr 5th, 2014 in by zavmed

Aziz o`quvchi,biz bilamizki matematika fani kishilarni zukkolikka undaydi.Quyida berilgan 7ta topshiriqdan iborat 7ta mustaqil ish aqlingizni charxlashda, bilimingizni oshirishda sizga yordam berad beradi.Har bir topshiriqni aniq va to`g`ri bajarishga harakatga qiling. Har bir to`g`ri bajarilgan topshiriq uchun siz 5 ball olasiz. Demak siz 7ta topshiriq uchun 35ball to`playsiz. Chiroyli yozuvingiz uchun ham 5ball qo`yilib, Jami 40ballga ega bo`lasiz. Siz o`rtacha 5ball (a`lo)to`plangan bo`lasiz.Biz ishonamizki,siz bunday natijaga erisha olasiz.

         1.Masala yechishda uning mazmuni mohiyatidan kelib chiqib,aniq qisqa shart tuzib oling.Masalada nimalar ma`lum va nimalar noma`lum ekanligini angling holda yechimini topishga harakat qiling.

         2.Misollarni yechishda birliklardan birliklarni, o`nliklardan o`nliklarni ayirish yoki qo`shish qoidalariga amal qilsangiz,ko`paytirish jadvalini yoddan bilsangiz, amallar tartibiga rioya qilsangiz hech adashmaysiz.

        3.Noma`lum sonni topishda,avval nima noma`lum ekanligiga e`tibor bering va natijani albatta tekshirib ko`ring.

         4.Kesmalari aniq o`lchab,to`g`ri chizishga, geometrik shakllarga diqqat bilan qarab,unda yashiringan shakllarni anglab olishga harakat qiling.

          5.Tengsizliklarni taqqoslashda avval o`ng,so`ngra chap tomondagi ifodalar qiymatini hisoblang va qaysi tomon katta yoki kishiligini aniqlang.

         6.O`lchov birliklari ustida amallar bajarilganda, avvalo,ularni bir xil o`lchov birligiga aylantirish kerakligini unutmang.

          7.Ifoda tuzishdan oldin topshiriqni diqqat bilan o`qib chiqing va ifoda tuzing.Ifodani to`g`ri tuzganligingizni yana bir bor tekshirib,so`ngra qiymatini topishga harakat qiling.

        Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.Shunday ekan o`z olgan bilimlaringizni yanada mustahkam qilishga kirishing.

    Sizga omad tilab qolaman!

  • Comments Off on O’quvchilarimga

Comments are closed.

O’zim haqimda

Posted on Dekabr 3rd, 2014 in by zavmed

Ushbu sayt Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining Boshlang’inch ta’lim fani o’qituvchisi Hamidova Zilolaning shaxsiy blogi hisoblanadi.

Ushbu sayt mening soham bo’lgan  boshlang’ich ta`limga asoslangan

O’zim haqimda: Men Hamidova  Zilola 30-mart 1988-yil Navoiy viloyatida tug’ilganman. 2007-yil NDPI talabasi bo’ldim. 2011-yil ushbu institutni imtiyozli diplom asosida tugatdim. Hozirgi kunda Navoiy shahridagi 12-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida o’z faoliyatimni olib bormoqdaman.

  • Comments Off on O’zim haqimda

Comments are closed.